Fan va texnika bo‘yicha foydali tadbir
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 2018-yilning 18-aprel kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti(ShHT)ga a’zo davlatlarning fan va texnika bo‘yicha vazirlik va idoralari rahbarlarining Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi majlisida ishtirok etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z ma’ruzasida mamlakatimizda ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatni yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zladi hamda ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflarini ma’lum qildi.
Majlis davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 9-iyun kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida bildirgan tashabbusi asosida O‘zbekiston tomonidan tayyorlangan ShHTga a’zo davlatlarning ilmiy-texnik muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha amaliy choralarni o‘ziga olgan «Yo‘l xaritasi» ko‘rib chiqildi.
Majlis yakuni bo‘yicha bayonnoma imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter