«Facebook» hushyor foydalanuvchiga 40 ming dollar mukofot beradi
![«Facebook» hushyor foydalanuvchiga 40 ming dollar mukofot beradi](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1269036737.png)
Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan noqonuniy ravishda foydalanish borasidagi mojarodan keyin «Facebook» rahbariyati o‘z obro‘sini qayta tiklash yo‘lida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Ulardan biri «Data Abuse Bounty» dasturining ishga tushirilishidir, deb xabar berdi «ITC.ua».
«Data Abuse Bounty» dasturining maqsadi — ijtimoiy tarmoq siyosati qoidalaridan chetga chiqib, ma’lumotlarni yig‘ayotgan yot dasturlarni aniqlangan foydalanuvchilarga mukofot to‘lashdan iborat.
Agarda kimdadir birorta dastur «Facebook»dan foydalanish qoidalarini buzayotgani va foydalanuvchilarning ma’lumotlarini boshqa bir tomonga (bunda pul olish, siyosiy yoki firibgarlik maqsadida bo‘lishidan qat’i nazar) taqdim etayotganligi borasida isbot bo‘lsa, uni «Report Data Abuse» sahifasiga yuborish mumkin. Agarda qoidabuzarlik tasdiqlansa «Facebook» yot dasturni o‘chiradi va unga nisbatan «huquqiy choralarni ko‘radi».
Shu bilan birga hushyor foydalanuvchiga 40 ming dollar miqdorida mukofot puli beriladi. Bu maksimal summa emas, «Facebook» bundan ham ortig‘ini to‘lashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter