Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Facebook, Instagram, WhatsApp va Messenger yana ishlay boshladi: Sukerberg foydalanuvchilardan kechirim so‘radi

Facebook, Instagram, WhatsApp va Messenger yana ishlay boshladi: Sukerberg foydalanuvchilardan kechirim so‘radi

Foto: «Lenta.ru»

Facebook rahbari Mark Sukerberg global uzilishlar uchun foydalanuvchilardan kechirim so‘rab, Facebook, Instagram, WhatsApp va Messenger yana ishlay boshlaganini ma’lum qildi.

«Facebook, Instagram, WhatsApp va Messenger yana onlaynda ishlashni boshladi. Bugungi uzilishlar uchun sizlardan kechirim so‘rayman: o‘z yaqinlaringiz bilan aloqada qolish uchun bizning xizmatlarimizga qanchalik suyanishingizni bilaman», — deb yozdi Sukerberg Facebookda.

Eslatib o‘tamiz, kechagi global uzilishlar boshlanganidan so‘ng kompaniya (Facebook)ga qarashli Facebook, Instagram, WhatsApp va boshqa qator ilovalar yetti soatgacha ishlamay qoldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga dasturiy ta’minotdagi yangilanishlar sabab bo‘lgan.

Ushbu nuqson Mark Sukerbergga juda qimmatga tushgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring