YXHT departamenti boshlig‘i O‘zbekistonda saylov tizimiga AKTni joriy etish jarayonlari bilan qiziqdi
2019-yil 10-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Umarov Ehtiyojlarni baholash Missiyasi rahbari sifatida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Saylovlar bo‘yicha departamenti boshlig‘i A.Shlik bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Bo‘lib o‘tgan muloqot davomida YeXHT DIIHB delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimiga axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish jarayonlari to‘g‘risida batafsil xabardor etildi.
Muloqot yakunida tomonlar ushbu yo‘nalishda konstruktiv hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter