Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Eng nurli» smartfonlar aniqlandi

«Eng nurli» smartfonlar aniqlandi

Foto: «YouTube»

Bankless Times elektromagnit nurlarini eng ko‘p taratadigan smartfonlar ro‘yxatini tuzdi.

SAR (Specific Absorption Rate, elektromagnit nurlarining yutilish koeffitsiyenti) darajasi 1,79 Vt/kg ga teng Motorola Edge smartfoni — ushbu ro‘yxat yetakchisi. Ya’ni bu telefon AQSh federal aloqa komissiyasi tavsiya qilgan maksimum (1,6 Vt/kg)dan ham ko‘p nurlanish chiqaradi.

Ro‘yxatga kirgan qolgan smartfonlar ham androidda ishlaydi, biroq ular tavsiya etilgan limit «ichida».

Nur taratish xavfliligi bo‘yicha ikkinchi smartfon — beshinchi avlod tarmoqlarida ishlovchi ZTE Axon 11 (Xitoy), uchinchi o‘rinda — «ma’nan eskirgan» OnePlus 6T.

Ba’zilar xavfli hisoblovchi elektromagnit nurlarini tarqatuvchi smartfonlar orasida uchta guglofon bor: Pixel 3XL, Pixel 4a va Pixel 3.

Shuningdek, Sony Xperia XA2 Plus, Sony Xperia XZ1 Compact va OnePlus 6 smartfonlarini ham ushbu ro‘yxatda uchratasiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring