Eng chidamli smartfon aniqlandi
«Life.ru» xabar berishicha, «Tom’s Guide» sayti ekspertlari yetakchi kompaniyalarning 12 xil smartfonini chidamlilik borasida sinovdan o‘tkazishdi. Bularning orasida eng mustahkami 1,2 — 1,8 metr balandlikdan yog‘och va beton yuzaga, suvga tashlanganda buzilmagan «Motorola Moto Z2 Force» smartfoni bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, shuncha sinovlardan so‘ng ham bu telefonning korpusi tirnalmagan. Ekrani ham darz ketmadi. Bu xususiyatlari smartfonga 10 imkoniyatdan 8,5 ball keltirdi.
Ikkinchi o‘rinda — «LG X Venture» (6,6 ball), uchinchi — «iPhone X» (6,2 ball).
«Samsung Galaxy S9» va «LG V30» 6 ball bilan reytingning o‘rtasiga joylashdi. «Motorola Moto G5 Plus» 5,1, «iPhone 8» 4,9 ball to‘pladi. Keyingi o‘rinlarni 4,3 ball to‘plagan «Galaxy Note 8», «Google Pixel 2 XL», «Huawei Mate 10 Pro» va «OnePlus 5T» smartfonlari egalladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter