Endilikda «Telegram» profilidan foydalangan holda boshqa saytlarda ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi

«Telegram» messenjerining yangilangan 4.8 versiyasi chiqarildi.
«Telegram» dasturchilari messenjerning yangilangan 4.8 versiyasi chiqarilganini ma’lum qildi. Unda uchta yangi funksiya mavjud. Ulardan eng muhimi — «Telegram»ning ro‘yxatga olish ma’lumotlari orqali turli sayt va servislarda avtorizatsiyadan o‘tish imkoniyati hisoblanadi, deb xabar berdi «4PDA».
Shuningdek, foydalanuvchilar yangilangan 4.8 versiyasi orqali qabul qilingan videoni ko‘chirib olmasdan turib, uni onlayn tomosha qilishi mumkin. Agarda video baribir ko‘chirib olishni talab qilsa, strelka ko‘rinishidagi alohida tugmani bosish kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari sozlamalarda tungi rejimni avtomatik ishga tushiruvchi funksiya paydo bo‘ldi. Mazkur holatda mobil dastur kam yoritilgan sharoit yoki qorong‘i tushishi bilan o‘zining ko‘rinishini o‘zgartiradi.
Yuqorida aytilganidek uchinchi yangilik — turli sayt va servislardan «Telegram» profilidan foydalangan holda avtorizatsiyadan o‘tish imkoniyati paydo bo‘ldi. Buning uchun ro‘yxatga olish ma’lumotlariga kiritilgan telefon raqamini ko‘rsatib, unga kelgan kodni tergan holda brauzerni avtorizatsiya qilish darkor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter