Endi mahallada IPTV va 4 Mbit/s tezlikdagi internet bor
Toshkent tumani shundoqqina poytaxt biqinida joylashgan bo‘lsa-da, aholisi ayrim masalalarda muammolarga duch keladi. Xususan, Alisher Navoiy MFY hududida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz zamonaviy aloqa xizmatlariga ehtiyoj sezib kelishgan. Bu haqda «gis.uz» xabar berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning aprel oyida «O‘zbektelekom» AK Toshkent filiali «Qishloq joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha 2016-2019-yillarga mo‘ljallangan dastur»ga muvofiq hududga telekommunikatsiya xizmatlarini olib kirgan.
Natijada mahalla aholisi yuqori tezlikdagi internetdan foydalanishi va zamonaviy interaktiv televidiniyening 60 ta kanalini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lgan.
«Ko‘rsatilayotgan internet xizmati tezligi 4 Mbit/soniyani tashkil etmoqda. Bu tarmoqdan unumli foydalanish, do‘stlar bilan muloqot qilish, shuningdek, davlat xizmatlaridan muammosiz foydalanish imkonini beradi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter