Elektron Kundalik keyingi oydan pulli bo‘ladi
2020/21 o‘quv yili boshlanishidan oldin Xalq ta’limi vazirligi Kundalik tizimiga ulangan maktab o‘quvchilarining ota-onalariga qog‘oz kundalik sotib olmasliklari, uning o‘rniga elektron muqobiliga obuna bo‘lish lozimligini ma’lum qilgan edi.
Vazirlikning yangi xabariga ko‘ra, elektron Kundalik platformasi bilan ishlash uchun ajratilgan sinov muddati tugagani munosabati bilan, endi elektron kundalik platformasining boshqa funksiyalaridan foydalanish uchun obuna bo‘lish lozim bo‘ladi.
Elektron Kundalik platformasiga yillik obuna narxi qog‘oz kundalikning o‘rtacha narxiga teng — 9 200 so‘m. Uch va undan ortiq farzandi bor oilalar uchun 10 foizlik chegirma mavjud.»
Ushbu miqdorni to‘lab, ota-ona va o‘quvchining istagan boshqa yaqin qarindoshlari bir kalendar yil davomida bolaning maktab hayotini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.
Elektron to‘lovning ikki yo‘li mavjud: plastik karta hamda CLICK to‘lov tizimi orqali. Elektron kundalik uchun to‘lovni amalga oshirish yo‘riqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.
Kundalik obunasi uchun to‘lovni 30 noyabrdan e’tiboran amalga oshirish mumkin.
Eslatilishicha, 23 noyabrdan sinov muddatining oxirgi 7 kuni boshlanadi. Ota-onalarga o‘zlarining profillaridan kirish va barcha farzandlarining kundaliklarini ko‘ra olishlarini tekshirishlari tavsiya etiladi.
Kundalikda ota-onaning bitta akkauntiga har bir farzandini «bog‘lash mumkin. Buning uchun farzandingiz ta’lim olayotgan muassasaga murojaat qilish lozim.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar 1557 ta maktab elektron Kundalik tizimida ro‘yxatdan o‘tgan, shundan 1482 maktab qog‘oz jurnal va kundalikdan butunlay voz kechgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter