Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura fuqarolardan kundalik yuritishlarini so‘radi

Bosh prokuratura fuqarolardan kundalik yuritishlarini so‘radi

Foto:«Georgia Times»

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi koronavirus masalasida fuqarolarimizga murojaat qildi. 

Koronovirus infeksiyasining shiddat bilan tarqalayotgani butun insoniyatni jiddiy tashvish va xavotirga solmoqda.

Har bir davlat o‘z imkoniyati doirasida bu ofatning ta’sirini yumshatish hamda keng tarqalishining oldini olishga harakat qilmoqda, turli mamlakatlarda turlicha favqulodda choralar ko‘rilmoqda.

Bosh prokuratura joriy yilning 4 aprelida koronovirus keng tarqalishining oldini olish, tegishli xizmatlarga mazkur kasallikka chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni tezkor ravishda aniqlash va ularning boshqa fuqarolar bilan muloqotini cheklash bo‘yicha ko‘maklashish choralarini belgilagan.

Jumladan, Bosh prokuraturada koronovirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash bo‘yicha idoralararo Shtab, hududlarda esa, idoralararo ishchi guruhlar tuzildi.

Mazkur guruhlar koronovirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan tegishli surishtiruv ishlarini o‘tkazadi, ularning epidemiologik marshruti, kim bilan qachon, qayerda muloqotga kirishganini aniqlaydi.

Bosh prokuratura fuqarolarimizdan bugundan boshlab o‘zlarining kundaliklarini yuritishlarini so‘raydi.

Har bir fuqaro qachon, kim bilan, qayerda va qay tarzda muloqot qilganini yozib borishi maqsadga muvofiqdir.

Bu ma’lumotlar avvalo, kasallikning oldini olish, uning tarqalishiga chek qo‘yish, pirovardida minglab odamlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Zotan, aksariyat davlatlar tajribasi infeksiyaning ilk zarbalarini qabul qilib olayotgan tibbiy xizmatning unga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlash hamda tegishli tartibda karantinga joylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani, davolashga sarfalanadigan vaqt va imkoniyat yo‘qotilayotganini ko‘rsatdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring