Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektrda ishlovchi dunyodagi eng yirik sayyohlik kemasi yo‘lga chiqdi

Elektrda ishlovchi dunyodagi eng yirik sayyohlik kemasi yo‘lga chiqdi

Foto: «Getty Images»

Elektr motorli dunyodagi eng yirik sayyohlik kemasi — «Yanszi daryosining uch darasi-1» Xitoy markazidagi Xubey viloyatida birinchi reysni amalga oshirdi.

Elektr kema Yanszi daryosi bo‘ylab sayyohlarni sayr qildiradi. Kema o‘z bortiga bir yo‘la 1 300 nafargacha yo‘lovchi olishi mumkin, bir quvvatlanishda 100 kilometr masofani bosib o‘tadi.

Kema 7 500 kilovatt-soatli akkumulyatordan kuch oladi. Kemadagi akkumulyatorlar umumiy sig‘imi — yuzta elektromobilnikiga deyarli teng. Batareya elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi «Contemporary Amperex Technology» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Kema qurilishi 2020-yilning oxirida boshlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring