Elektrda ishlovchi dunyodagi eng yirik sayyohlik kemasi yo‘lga chiqdi

Elektr motorli dunyodagi eng yirik sayyohlik kemasi — «Yanszi daryosining uch darasi-1» Xitoy markazidagi Xubey viloyatida birinchi reysni amalga oshirdi.
Elektr kema Yanszi daryosi bo‘ylab sayyohlarni sayr qildiradi. Kema o‘z bortiga bir yo‘la 1 300 nafargacha yo‘lovchi olishi mumkin, bir quvvatlanishda 100 kilometr masofani bosib o‘tadi.
Kema 7 500 kilovatt-soatli akkumulyatordan kuch oladi. Kemadagi akkumulyatorlar umumiy sig‘imi — yuzta elektromobilnikiga deyarli teng. Batareya elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi «Contemporary Amperex Technology» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Kema qurilishi 2020-yilning oxirida boshlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter