Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspertlar: LED-chiroqlar ko‘z uchun zararli

Ekspertlar: LED-chiroqlar ko‘z uchun zararli

Foto: «France 24»

Energiya tejovchi chiroqlar (lampalar) elektr energiyasi iste’moli jihatidan an’anaviy – cho‘g‘lanma lampalarga nisbatan tejamkor ekanligi ma’lum. Ularni ham ikki turga bo‘lish mumkin: simob bug‘i asosida yorituvchi (lyuminessent) hamda yorug‘lik-diodli (LED) lampalar.

Bular orasida LED-chiroqlar eng tejamkori va xavfsizi hisoblanadi, lekin fransiyalik mutaxassislar bu fikrni inkor etishyapti. Ushbu mamlakatning Oziq-ovqat, atrof-muhit, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi (Agency for Food, Environment and Occupational Health and Safety – ANSES) e’lon qilgan hisobotda shunday deyiladi, deb xabar berdi «Terabayt».

Mazkur hujjatda ta’kidlanishicha, LED-chiroqlar ko‘zning to‘r pardasi hujayralari buzilishiga va ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin.

LED-lampalar (svetodiodlar) xonalarni yoritishda eng yaxshi variant hisoblanib keladi, chunki ular judayam kam quvvat talab qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy yorug‘lik-diodli lampalarni smartfon orqali boshqarish, masalan – yorqinligini va rangini sozlash mumkin. Shunga qaramasdan, ANSES ekspertlari ularni salomatlik uchun zararli, deb topishdi.

Bundan tashqari, intensivligi past bo‘lgan chiroqlardan muntazam foydalanish ko‘z to‘r pardasining «qarish» jarayonini tezlashtirib, turli kasalliklarga olib kelishi mumkin, deyishmoqda ular.

Qayd etish kerakki, LED-chiroqlar nafaqat xonalarni yoritishda, balki aksariyat smartfon, planshet va noutbuk ekranlarida ham ishlatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring