Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Sirdaryoda kriptovalyuta chiqargan yirik mayning fermani aniqladi

DXX Sirdaryoda kriptovalyuta chiqargan yirik mayning fermani aniqladi

Videodan lavha

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruv davomida Boyovut tumanidagi mas’uliyati cheklangan jamiyat binosida noqonuniy mayning ferma faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy korxona ushbu MChJ binosini 2 yil muddatga ijaraga olgan va u yerda 1491 komplekt mayning qurilmalari hamda 9280 dona videokartalardan foydalangan holda mayning ferma tashkil etgan.

Bu yerda 2020 yilning avgust oyidan buyon 7,7 mln. AQSh dollariga teng kriptovalyuta ishlab chiqarilgan.

Buning uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat va xorijiy korxona rahbarlari o‘zaro til biriktirib, elektr tarmog‘iga ulanish uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan tuzilgan shartnomada faoliyat turiga quyonchilik fermasi tashkil etish mazmunida soxta ma’lumotlar kiritishgan.

Foydalanilgan katta hajmdagi elektr energiyasi uchun past narxda to‘lovni amalga oshirishlari natijasida, ular tomonidan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring