Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspertlar global tiklanuvchi energetika quvvatini o‘lchashdi

Ekspertlar global tiklanuvchi energetika quvvatini o‘lchashdi

Foto: «All-solar.uz»

2018-yili global tiklanuvchi energetika quvvati 2351 GVt.ga yetdi — ya’ni jami energetikaning qariyb uchdan bir qismiga teng. «REGNUM» axborot agentligi Xalqaro tiklanuvchi energiya manbalari agentligi (IRENA) ma’lumotlariga asoslanib shunday xabar bermoqda. 

IRENA hisobotida keltirilishicha, tiklanuvchi energetika quvvati deganda elektr quvvati olishga mo‘ljallangan elektr stansiyalari ishlab chiqarayotgan sof quvvat tushuniladi. 2018-yili ana shunday stansiyalarning umumiy quvvati 7,9 foizga o‘sib, 2351 GVt.ni tashkil etdi.

O‘tgan yili «toza energiya» quyosh va shamol stansiyalari hisobidan 84 foizga o‘sdi.

Global «yashil energiya»da kuchlar nisbati:

  1. Gidroenergetika — 1172 GVt
  2. Shamol energiyasi — 564 GVt
  3. Quyosh energiyasi — 480 GVt.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring