Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qaysi hududlarda quyosh panellari o‘rnatilishi ma’lum qilindi

Toshkentda qaysi hududlarda quyosh panellari o‘rnatilishi ma’lum qilindi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Yig‘ilishda Toshkent shahrining elektr energiyasi va tabiiy gazga ehtiyoji tobora ortib borayotgani ta’kidlanib, energetika masalalarini to‘liq hal qilish uchun barcha hisob-kitoblar qilingani aytildi.

Avvalambor, qayta tiklanuvchi energiya salohiyatidan foydalanish zarur.

Shaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish mumkinligi qayd etildi. Bu ishlar bilan ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha ob’yektlari, davlat idoralari va tadbirkorlik binolarining tom qismi, sanoat zonalari hududi, avtoturargohlar va yirik suv inshootlari hududini qamrab olish mumkin.

Bu choralar ko‘rilsa, hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilda kutilayotgan 240 million kilovatt soatlik talabni 4 baravar ortig‘i bilan, ya’ni 1 milliard 80 million kilovatt soat hajmda ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring