Dunyodagi ilk nomzod robot
Yaponiya poytaxti Tokio atrofidagi Tama shahri hokimligiga nomzodini qo‘ygan «Al»ning va’dasi ta’sirchan: «Hech kimga yon bosmayman».B haqda «Sabah» nashri yozmoqda.
«Al» ayni paytda saylovoldi uchrashuvlarini olib borayapti. Uning saylov plakatlari Tama shahrining aholi gavjum maskanlariga ilingan. Robotni 2014-yilda Tama shahar hokimligiga nomzodini qo‘ygan, biroq g‘alaba qozona olmagan Michichito Matsuda qo‘llab-quvvatlayapti.
«Bu sun’iy aql Tama shahrini o‘zgartiradi. U saylansa, adolatli siyosat o‘rnatadi. Poraga, korrupsiyaga qarshi kurashadi. Aminmanki, uning saylanishidan 99 foiz aholi mamnun bo‘ladi», – degan Michichito Matsuda.
Ayrimlar bu saylovoldi kampaniyasini hazilga yo‘ymoqda. Lekin robotning ba’zi uquvsiz nomzodlar uchun kuchli raqib bo‘lishidan umid qilayotganlar ham yo‘q emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter