Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video)

Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video)

Foto: Bulgari

Italiyaning Bulgari (logotipida Bvlgari yoziladi) premium-brendi dunyodagi eng yupqa qo‘l soatini chiqardi. Soatning qalinligi atigi 1,7 millimetr — hatto ba’zi tangalar ham bundan semizroq.

Foto: Bulgari

Octo Finissimo Ultra COSC soatini ishlashga o‘nlab muhandislarning mehnati sarflandi. O‘ta yupqa soat qismlarini yig‘ish shunchalik murakkabki, bittasini yasashga bir hafta ham yetmaydi.

Soatning ort qismi volfram karbididan ishlangan, bezeli, o‘rta qismi va tasmasi — titandan. Soatning aslligini tekshirish uchun siferblatiga Datamatrix-kod (QR-kodning bir turi) tushirilgan.

Qizig‘i, shu yupqa soatda ham vaqtni avtosozlash funksiyasi bor. Buning uchun soatni maxsus mexanizmli jamlanma qutisiga joylash kerak bo‘ladi.

Soat jami 20 nusxada chiqariladi. Narxi — 600 000 yevro.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring