«Dreamlight»: Uxlashga yordam beradigan eng «aqlli» niqob
«Dreamlight» niqobi yorug‘lik, ovoz va infraqizil nurlarning holatini inobatga olib, inson uyqusi va uning hayot tarzini yaxshilashga xizmat qiladi. Ko‘plab tahlilchilar mazkur qurilmaga eng «aqlli» niqob «unvon»ini berdi. Bu haqida «Hi-tech.mail.ru» xabar qildi.
Yangi qurilmaning ko‘rinishi qo‘pol, biroq ixtirochilar u ko‘zga, yanoqlarga va boshning boshqa qismlariga bosim tug‘dirmasligi uchun maksimal darajada qulay qilib ishlagan. Niqobni taqqan inson oldindan o‘rnatilgan uyqu dasturini ishga tushirayotganini tushunadi.
Foydalanuvchi tezroq uxlashi uchun niqob yorug‘likdan foydalanadi. Kichkina svetodiodlar insonning nafas olish ritmi bilan sinxronlashib, o‘z yorug‘ligi rejmini o‘zgartirib turadi. Bu esa organizmni chuqur nafas olishiga va uyquga tayyorlanishiga yordam beradi. Shuningdek, yorug‘likdan insonning uyg‘onishida ham foydalaniladi. Ixtirochilarning ta’kidlashicha, sekinlik bilan uyg‘onish kunni tetik o‘tkazishga yordam beradi.
Uyqu dasturiga maxsus ovozlarni yuklab qo‘yish ham mumkin. Buning uchun niqob korpusiga to‘rtta kichkina dinamiklar o‘rnatilgan. Foydalanuvchi kerakli ovozni, masalan, tabiat, yengil musiqa va «oq shovqin»ni tanlab olishi mumkin.
Bundan tashqari niqobda infraqizil terapiya funksiyasi ham mavjud bo‘lib, u ko‘zdagi qon aylanishni yaxshilaydi.
«Dreamlight» niqobini oldindan 169 dollar evaziga buyurtma qilish mumkin. Dastlabki buyurtmalar 2018-yilning aprelidan yetkazib beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter