Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida birinchi postini e’lon qildi

Donald Tramp shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida birinchi postini e’lon qildi

Skrinshot

AQShning 45-prezidenti Donald Tramp o‘z kompaniyasi tomonidan yaratilgan «Truth Social» («Haqiqat ijtimoiy tarmog‘i»)da ilk postni yozdi.

«MEN QAYTDIM» — Trampning ilk posti shu so‘zlardan iborat va bosh harflarda yozilgan. Matn bilan birga Tramp Mar-a-Lago qarorgohi (Florida, Palm-Bich)da tushgan suratini joylagan.

Eslatib o‘tamiz, aksariyat ijtimoiy tarmoqlar Trampning akkauntlarini bloklaganidan so‘ng, u o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratishga kirishgandi. «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘i Donald Trampga qarashli «Trump Media&Technology Group» kompaniyasi tomonidan yaratilgan va fevral oyining oxirida ishga tushirilgandi.

21-fevralda «Truth Social» AppStore ilovalar do‘konida paydo bo‘ldi. 25-fevralda, Ilon Mask «Twitter»ni sotib olishi e’lon qilingach, Tramp tarmog‘i ushbu ilovalar do‘konida eng ko‘p ko‘chirib olinadigan ilovaga aylandi.

«Ilon «Twitter»ni yaxshilashiga umid qilaman, u yaxshi odam, biroq men «TRUTH»da qolaman. «TRUTH Social» mening ovozim va uni hech kim mendan tortib ololmaydi», — degan Tramp.

Bugungi kunda Donald Tramp «Truth Social»da 1,88 million obunachiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring