Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dmitriy Cha: «Men hamma narsaga «o‘zi erishganlarga» ishonmayman»

Dmitriy Cha: «Men hamma narsaga «o‘zi erishganlarga» ishonmayman»

Zamonaviy mobil tarmog‘i minglab baza stansiyalarni o‘z ichiga olgan ulkan iqtisodiyotdir. Har bir baza stansiyasini ishga tushirish uchun ko‘plab ruxsatnomalar, shartnomalar, hisob-kitoblar, shu jumladan maydonni ijaraga olish talab etiladi. Beeline Uzbekistan kompaniyasining 15 yilligi sharafiga oltin nishon olgan xodimlardan biri Dmitriy Cha ushbu yirik hajmli hujjatlar bilan shug‘ullanadi. Ammo uning vazifalari bu bilan cheklanib qolmaydi.

Jamoaga qanday kirishib ketish mumkin

Dmitriy 2015 yilda o‘qishni tamomlagandan so‘ng, kompaniyada ishlagan do‘stlarining maslahati bilan Beeline tarkibiga qo‘shildi. U ijara shartnomalarini yuritish bo‘yicha mutaxassis lavozimiga tayinlandi. Operatorlarning telekommunikatsiya uskunalari ko‘pincha ijaraga olingan joylarda - tashkilotlar yoki jismoniy shaxslarga tegishli binolar va yerlarda joylashgan. Ular bilan munosabat o‘rnatish Dmitriyning ishiga aylandi.

«Bu yetti yil oldin edi. Bu qisqa vaqtdek tuyuladi, lekin o‘sha yillarda, albatta, ish hajmi boshqacha edi. Kompaniya baza stansiyalarining soni kamroq edi. Aloqa xizmatlarining o‘zi ham boshqacha edi - masalan, avtobusda yoki navbatda Internetda hech narsa ko‘rishning iloji yo‘q edi, hozir esa bu odatiy hol», - deb eslaydi Dmitriy Cha.

Dmitriy Beeline Uzbekistan jamoasiga oson kirisha oldi: kompaniyada uning universitetdagi ko‘plab tanishlari ishlar ekan. Biroq, hatto ilgari notanish bo‘lgan odamlar ham juda samimiy va yosh xodimga yordam berishga tayyor edilar. Dmitriy yirik xalqaro kompaniyada bunday an’analar borligidan hayratda qoldi: «Beeline’ga qadar men 10-12 kishilik kichik kompaniyalarda biroz ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganman bu yerda esa yuzlab xodimlar ishlashadi! Hamma bir-biriga yordam beradi va qo‘llab-quvvatlaydi. Ehtimol, shuning uchun ham moslashish jarayoni juda tez o‘tgandir».

Eng qiyin narsa hujjatlar bilan ishlash va ularning qaysi biri muayyan vaziyatda talab qilinishini tushunish edi. Ammo tez orada Dmitriy uchun yuristlar yoki aloqa inshootlarini qurish bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim uchun hujjatlar to‘plamni yig‘ish qiyin bo‘lmadi.

Ta’kidlash joiz: zarur hujjatlarsiz signalchilar yoki pudratchilar qurilishni boshlay olishmaydi. Shuning uchun shartnoma munosabatlari uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassisning roli bunda katta.

Bilimning ortiqchasi bo‘lmaydi

Dmitriyga o‘z sohasining ustasi bo‘lishga qanday fazilatlar yordam berdi? Uning fikricha - puxtalik va qiziquvchanlik. «Men doimiy ravishda turli yo‘nalishlarni, hatto mening vazifamga bevosita aloqador bo‘lmagan yo‘nalishlarni ham o‘rgandim. Biz hamkasblar bilan norasmiy muhitda uchrashganimizda, ko‘pincha ish haqida gaplashamiz va bizni tashvishga soladigan masalalarni muhokama qilamiz. Men doim shunday suhbatlarni diqqat bilan tinglaganman. Keyin esa, shu suhbatlar chog‘ida men bilib olgan ma’lumotlar, masalan, baza stansiyalarida o‘rnatilgan «temir» haqidagi ma’lumotlar o‘zimning ishimda ham kerak bo‘lgan».

«Beeline Uzbekistan’ning ko‘plab bo‘linmalari bilan aloqada bo‘lgan odam uchun muloqot qilish qobiliyati ham muhim. Bu, ayniqsa, ijaraga beruvchilar va uchinchi tomon tashkilotlari xodimlari bilan ishlashda muhimdir. Bu ba’zan sabr-toqat va stressga chidamlilikni talab qiladi. Bir kuni Dmitriyning oldiga bir odam jahl bilan kelib, uning binosidagi uskunalarni zudlik bilan demontaj qilishni talab qila boshladi. Dmitriy u insonni tinchlantira olgandan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, uskuna umuman Beeline’ga tegishli emas. Maydoncha egasini kerakli manzilga yuborishgan. Yana bir safar Dmitriy ikki soat ichida bir yarim ming (!) dona aloqa uskunasiga oid ma’lumotlarni to‘plash va taqdim etish talabi bilan so‘rov olgan. U qo‘ng‘iroq qilib, bu vazifani kamida o‘n ish kunida bajarish mumkinligini tushuntirishi kerak edi. So‘rovni yuborgan inson ushbu asosli fikrga rozi bo‘lgan.

«Biz uy egalari bilan moddiy masalalarni ham hal qilishimiz kerak. Bugun bitta narx bo‘lishi mumkin, ertaga esa bino egasi o‘n barobar ko‘proq talab qilishi mumkin. Va kompaniyaning pozitsiyasini saqlab qolish uchun bu ish bermasligini tushuntirish kerak. Ehtimol, bunisi eng qiyin narsa», - deya tan oladi Dmitriy.

Yangi mavzu

Beeline Uzbekistan’dagi faoliyati davomida Dmitriy Cha murakkab deb atalishi mumkin bo‘lgan ko‘plab loyihalarni amalga oshirdi: ESS platformasini ishga tushirish, teleminoraga uskunalar o‘rnatish bo‘yicha hisob-kitoblar... Shunga qaramay, u olg‘a harakat qilib, o‘z faoliyat sohasini kengaytirgan. Shunday qilib, u joylarni ijaraga olish va avtomatik yong‘in o‘chirish va yong‘in signalizatsiya tizimlarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha shartnomalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisga aylandi. «Yong‘in» mavzusi uning uchun shunchalik yangi ediki, u hamma joydan ma’lumot to‘plashi, hatto Google’dan ham qidirishiga to‘g‘ri kelgan.

Endilikda kompaniyaning O‘zbekiston bo‘ylab 17 ta kommutatsiya markazlarida o‘rnatilgan avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlarini nazorat qilish Dmitriyning shaxsiy zimmasida. Ammo u o‘zini «yakka kurashchi» deb hisoblamaydi: «Har qanday biznesda muvaffaqiyat yuz foiz jamoaga bog‘liqdir. «Men hamma narsaga o‘zim erishdim» deganlarga ishonmayman. Xuddi shu yong‘in xavfsizligida ham ko‘p odamlar menga yordam berishgan. Ularning yordami bilan men, masalan, tender xaridlari, kvitansiyalarni rasmiylashtirish, ya’ni ESS tizimidagi buyurtmalarni tasdiqlash va hisob-fakturalar, buxgalteriya bo‘limi bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini tushunib etdim. Ular menga hozir ham ko‘maklashishadi».

Jamoaviy uslub

Dmitriy Cha haqiqiy jamoaviy o‘yinchi. U uchun eng kutilmagan narsa kompaniyaning shaxsiy oltin mukofoti bo‘ldi. «Esimda, bayramda hamkasbim bilan nimadirlar haqida suhbatlashib o‘tirgan edik. Va bir payt u katta monitorda mening ismim yozilganini aytib qoldi. Hursandchilik va hayajondan men hatto mukofotimni qo‘limdan tushirib ham yubordim. Bu haqiqatdan ham juda yoqimli va kutilmagan hodisa bo‘ldi. Endi bu nomni oqlash kerak. Garchi men umuman muvaffaqiyatga erishdim deb o‘ylamayman. Men shunchaki o‘z ishimni yaxshi ko‘raman», - deydi Dmitriy.

Dmitriyning yana bir ishtiyoqi - bu kitob mutoalasi. U o‘n yashar o‘g‘li Aleksandrga ham kitob o‘qishga mehr qo‘ydirgan. Shunchaki bir kuni u o‘g‘liga bilimga va katta so‘z boyligiga ega bo‘lmagan odamlar bilan muloqot qilish qanchalik qiyinligini tushuntirdi. Va bunday odamlar uchun o‘z fikrlarini shakllantirish, suhbatdoshlariga tushunarli bo‘lish qanchalik qiyinligini aytgan. Ammo Dmitriy bo‘sh vaqtida nafaqat kitob o‘qiydi. Uning turmish o‘rtog‘i Dariya qandolatchi, u ajoyib tortlar pishiradi va Dmitriy tortlarni yetkazib berishda ko‘maklashadi. Dam olish kunlarida butun oila tabiat qo‘yniga chiqishga harakat qiladi. Birgalikda filmlar tomosha qilishadi, kitoblarni ovoz chiqarib o‘qishadi, shundan keyin birgalikda muhokama qilishadi. Ishda ham, uyda ham mana shunday «jamoaviy uslub».

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring