Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi «Manas»da ham yo‘lga qo‘yildi

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi «Manas»da ham yo‘lga qo‘yildi

Foto: «O‘zbekiston pochtasi»

Joriy yilning 10-dekabr kuni Jizzax viloyati, Do‘stlik tumanidagi «Manas» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «O‘zbekiston pochtasi» AJning Jizzax filialiga qarashli «Manas» pochta aloqasi bog‘lamasining rekonstruksiya qilingan yangi binosi tantanali ravishda ochildi.

Foto: «O‘zbekiston pochtasi»

Mazkur binoda bir vaqtning o‘zida «Manas» va «Navro‘z» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi aholiga barcha turdagi pochta xizmatlari bilan birga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda 15 turdagi davlat xizmatlaridan ham foydalanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Xalqning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish, qulaylik yaratish va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yangicha tizimi hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Foto: «O‘zbekiston pochtasi»

Endilikda «Obod qishloq» dasturi doirasida qad roslagan zamonaviy turar joy binolarida yashovchi yurtdoshlarimiz pochta bo‘limiga kelib davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi pochta bo‘limlarida shunday xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring