Dasturchilar uchun birinchi robot
Bugungi kunda maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan odamlar ham oldindan mavjud bo‘lgan buyruqlar to‘plamidan foydalangan holda robot yaratmoqda. Biroq «Sphero» kompaniyasi CES 2018 ko‘rgazmasida o‘zgacha robotni taqdim etdi: ushbu robot keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, uni boshqarish uchun «JavaScript»ning asosini bilish lozim, deb xabar berdi «Hi-News».
«Misty I» nomini olgan robotga uchta mikrofon o‘rnatilgan va u ikkita «Snapdragon» protsessori bazasida ishlaydi. Bundan tashqari robot «borti»da displey, USB port va odamlarning yuzini hamda atrofdagi buyumlarni tanishda yordam beradigan kamera mavjud. Robotning ajralib turuvchi jihatlaridan biri — detallarining aksariyati uning korpusi ichida emas, tashqarisida joylashgan. Boshqacha qilib aytganda, qurilmaning barcha qismlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish mumkin.
Robotning boshiga atrof-muhit xaritasini tuzishga yordam beradigan sensor o‘rnatilgan, orqa tomonida esa «universal plata» mavjud bo‘lib, unga istalgan qismni qo‘shish mumkin. Bundan tashqari ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, «Misty I»ga zanjirli tasma ham o‘rnatiladi (hozirda u oddiy g‘ildirakda harakatlanmoqda).
Robotni sozlash uchun «JavaScript»da ishlaydigan «API»dan foydalanilgan. Bu esa bir qator dasturlar va qurilmaning ishlashi uchun oldindan tayyorlangan signallarni yaratish imkonini beradi. Ushbu robotlarni 2018-yilning fevralidan boshlab yetkazib berish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter