Sukerberg qariyb $7 milliard yo‘qotdi
Facebook asoschisi va rahbari Mark Sukerberg 6,8 milliard dollar zarar ko‘rdi, deb yozmoqda «Forbes». Sababi hammaga ma’lum — ijtimoiy tarmoq global miqyosda ishlamay qoldi.
Sukerberg dunyo boylari reytingida 6-o‘ringa tushib ketdi.
Yirik ijtimoiy tarmoqlar faoliyatida global uzilish kecha, 4-oktyabr kuni boshlangandi. Instagram, WhatsApp, Twitter, Googledagi aksariyat servislar va hokazolar ishlamay qoldi. Juda ko‘plab foydalanuvchilar Telegram, TikTok, «VKontakte»ga oqib kelishni boshlaganidan so‘ng bularda ham qisman uzilishlar boshlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter