Click orqali ta’lim xizmatlari va muassasalari uchun to‘lovlar
Click orqali bolalar bog‘chalari, maktablar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirar ekansiz, siz vaqtingizni tejaysiz, elektron kvitansiya va boshqa afzalliklarni qo‘lga kiritasiz.
Nima uchun ta’lim xizmatlarini Click orqali to‘lash qulay va manfaatli?
Buning bir nechta sababi bor.
Birinchi sabab – ta’lim xizmatlari va muassasalari to‘plamining yirikligi. Tizimda davlat va xususiy muassasalar yig‘ilgan. O‘zingizga keraklisini tanlang, masalan, kerakli bolalar bog‘chasini yoki boshqa ta’lim muassasasini va shu ondayoq to‘lovini amalga oshiring.
Ikkinchi sabab – kassalarda navbatda turmasdan va vaqt sarflamasdan, telefon orqali qulaylik bilan to‘lash imkoniyati.
Uchinchi sabab – Hatto kerakli muassasa ro‘yxatda mavjud bo‘lmasa ham, to‘lovni rekvizit orqali amalga oshirish mumkin. Kerakli rekvizitlarni kvitansiya orqali yoki muassasaga murojaat qilgan holda bilish mumkin.
To‘rtinchi sabab – to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, siz elektron kvitansiyani qo‘lga kiritasiz. Uni bosib chiqarish mumkin.
Ta’lim muassasalari va xizmatlari to‘lovlarini Click Up ilovasi, @clickuz Telegram-boti yoki my.click.uz shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish mumkin.
Click orqali ta’lim muassasalari va xizmatlari to‘lovlarini amalga oshirish:
Click Up ilovasi orqali
- «To‘lov» bo‘limini oching;
- «Ta’lim» bo‘limiga kiring va kerakli tashkilot/xizmatni tanlang;
- Mazkur ma’lumotlarni kiriting: FISh, shartnoma raqami;
- Kerakli mablag‘ miqdorini kiriting va bir «Click»da to‘lang.
@Clickuz Telegram-boti orqali
- Agar hali ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, botda ro‘yxatdan o‘ting;
- «Ta’lim» bo‘limiga kiring va kerakli tashkilot/xizmatni tanlang;
- Mazkur ma’lumotlarni kiriting: FISh, shartnoma raqami;
- Kerakli mablag‘ miqdorini kiriting va bir «Click»da to‘lang.
my.click.uz saytida «Shaxsiy kabinet» orqali
Mazkur to‘lov usulining qulayligi shundaki, uni kompyuter orqali amalga oshirish mumkin.
- my.click.uz saytiga Click tizimiga bog‘langan telefon raqami va PIN-kodni kiritgan holda kiring;
- «Ta’lim» bo‘limiga kiring va kerakli tashkilot/xizmatni tanlang;
- Mazkur ma’lumotlarni kiriting: FISh, shartnoma raqami;
- Kerakli mablag‘ miqdorini kiriting va bir «Click»da to‘lang.
To‘lovni qanday qilib «Tanlangan to‘lovlar» ro‘yxatiga kiritish mumkin?
Qulaylik uchun siz har qanday ta’lim muassasi/xizmatini «Tanlangan to‘lovlar» ro‘yxatiga qo‘shishingiz mumkin, shunda to‘lov vaqtida rekvizitlarni har safar kiritish xojati bo‘lmaydi.
Agar kerakli tashkilot ro‘yxatda bo‘lmasa, nima qilish kerak?
Agar kerakli tashkilot ro‘yxatda bo‘lmasa, to‘lovni Click Up ilovasida, @clickuz Telegram-boti, hamda my.click.uz saytida «Shaxsiy kabinet»da mavjud bo‘lgan «Rekvizitlar bo‘yicha to‘lov» bo‘limida amalga oshirish mumkin. Ushbu bo‘limda shartnoma raqami, hisob raqami, tashkilot nomi kabi kerakli ma’lumotlarni kiritgan holda to‘lovni bir «Click»da amalga oshirish mumkin. So‘ng, har safar ma’lumotlarni takroran kiritmaslik uchun, to‘lovni «Tanlangan to‘lovlar» ro‘yxatiga qo‘shishingiz mumkin.
Sayt: https://click.uz/
Telegram-bot: https://t.me/clickuz
Telegram: https://t.me/click_uz
Instagram: https://www.instagram.com/clickuz/
Facebook: https://www.facebook.com/click.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter