Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Career Fest 2021»: kimga ish kerak? (video)

«Career Fest 2021»: kimga ish kerak? (video)

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahridagi Amiti universitetida AKT sohasi va boshqa yo‘nalishlardagi yirik tashkilot hamda kompaniyalarning «Career Fest 2021» bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirgi kunda yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirib, ularni kelgusida ish bilan ta’minlash muhim masalalardan biri sanaladi. Shu sabab ushbu bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda AKT sohasidagi yirik korxona va kompaniyalar ishtirok etishdi.

Xususun, unda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, sohaga qiziqish bildirgan yoshlarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirishdi.

– Bugun Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi ham Amiti universitetida bo‘lib o‘tayotgan «Career Fest 2021» tadbirida katta qiziqish bilan qatnashmoqda. Ko‘rib turganingizdek, yosh mutaxassislarga ishonch bildirgan holda mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etyapmiz. Hatto 20 dan ziyod talabgorlar suhbat yo‘llanmalarini to‘ldirib, rezyumelarini ham qoldirib ketishga ulgurishdi, – deydi markaz xodimi O‘tkir Haydarov.

Yoshlarimizning AKT sohasiga qiziqishi ortib borayotganiga bugungi tadbir misolida yana bir bor amin bo‘ldik. Ulardan birini suhbatga ham tortdik.

 – Bunday imkoniyat har doim ham bo‘lavermaydi. Qarang, 50 ga yaqin tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etishyapti. Agar shunday tadbirlar bo‘lmasa, Elektron hukumat yoki Raqamli iqtisodiyot markazlaridagi bo‘sh ish o‘rinlaridan bexabar qolib ketarmidim. Mana, mas’ul xodimlardan to‘liqroq ma’lumot olib, o‘zimni yaqin kelajakda shu sohalarda yaxshi ish ko‘rsata oladigan xodim sifatida ko‘rdim. Yoshlarga bu tartibda ish taklif etilishi har tomonlama qulay, albatta, – deydi Amiti universitetining 4-bosqich talabasi Muhiddin Abduholiqov.

Tadbirda barcha tashrif buyurganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish barobarida korxona va tashkilotlarda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ham ega bo‘lishdi.

Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan qiziqarli musobaqalar ham o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring