Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi Ark qo‘rg‘onida audiogid o‘rnatildi

Buxorodagi Ark qo‘rg‘onida audiogid o‘rnatildi

Foto: «Xabar.uz»

Ark viloyat o‘lkashunoslik muzeyida audiogid tizimi hamda 3D «Virtual muzey» dasturi joriy etildi. Bu haqda Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori Abdurashid Zikrillayev ma’lum qildi.

«Har bir soha rivojining asosi bu — qator yangilik va innovatsiyalarni hayotga tatbiq etishdan iborat. Madaniy meros ob’yektlari va davlat muzeylarida smart-texnologiyalarni amalda rivojlantirish maqsadida Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi tizimidagi Ark qo‘rg‘oni haqida ma’lumot beruvchi ekskursiya matnlari o‘zbek, rus, ingliz tillarida tayyorlanib, ovozlashtirilmoqda. Tizim 9 bo‘limdan iborat bo‘lib, Ark qo‘rg‘oni tarixi va undagi ekspozitsiyalari, eksponatlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ushbu innovatsion texnologiyaning afzallik jihati uni buyurtma qilgan sayohatchi Ark qal’asi tarixi haqida aniq va asoslangan tarixiy manbalar, shuningdek, viloyat o‘lkashunoslik muzeyidagi noyob, nodir ashyolar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ladi», — dedi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jamshid Xalilov.

Foto: «Xabar.uz»

Ayni paytda viloyat telekommunikatsiya mutaxassislari tomonidan Buxorodagi barcha muzeylar va tarixiy ob’yektlarda bepul WI-FI tizimi o‘rnatilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring