Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda fuqaro ariq qaziyman deb aholini aloqasiz qoldirdi

Buxoroda fuqaro ariq qaziyman deb aholini aloqasiz qoldirdi

Foto: «Optictelecom»

2018-yilning 27-fevral kuni Buxoro viloyatining ayrim hududlarida telekommunikatsiya tarmoqlarida uzilish sodir bo‘ldi.

Bu holat O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan tezkor o‘rganilib, avariya sabablari aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Romitan tumani Xo‘jaubon qishlog‘i hududidan o‘tadigan KM-701 magistralining Buxoro-Gazli yo‘nalishida fuqaro J.B. tomorqasiga suv o‘tkazish uchun ekskavator yollab, 1,5 metr chuqurlikda ariq qazish ishlarini olib borayotganda optik tolali kabelni uzib yuborgan.

Ushbu holat yuzasidan inspeksiyaning Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan vakolat doirasida ma’muriy ish ko‘rib chiqilib, fuqaro J.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 154-moddasiga asosan ma’muriy jarima jazosi qo‘llanildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring