Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Butunlay o‘zgacha. «Samsung Galaxy X» konsepti taqdim qilindi (video)

Butunlay o‘zgacha. «Samsung Galaxy X» konsepti taqdim qilindi (video)

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Avvalroq «Samsung» kompaniyasi 2019-yilning boshlarida egiluvchan smartfon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligi haqida xabarlar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 3 ta ekranga — bitta tashqi va 2 ta ichki ekranga ega bo‘ladi. Ushbu ma’lumotdan foydalangan «AndroidLeo» dizaynerlari yangi modelning konseptini ishlab chiqdi va uning videosini taqdim etdi, deya ma’lum qildi «Hi-tech.mail.ru».

Videodagi qurilmada ikkita displey mavjud. Birinchisi — bu 6,4 dyuymli UHD-displey bo‘lib, u «murakkab» rejimda ishlaydi. Ikkinchi va uchinchisi — 6,5 dyuymli QHD-displeyi esa gadjet ochilib, «Galaxy X» noutbukka aylantirilganida yoqiladi.

Noutbuk rejimida uni 360 darajaga burish mumkin. Konseptning to‘liq funksional klaviaturasi mavjud bo‘lgani sabab «Galayx X»da foydalanuvchi xuddi noutbukdan foydalangandek bo‘ladi. Smartfon rejimida u yengilashtirilgan «Windows 10» operatsion tizimida ishlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring