Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlarga 1000dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi (fotoreportaj)

Yoshlarga 1000dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi (fotoreportaj)

Foto: «Xabar.uz»/G‘ulomjon Nazarov

Avval xabar berganimizdek, bugun, 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarda bitiruvchi bakalavr hamda magistrlar uchun mehnat yarmarkalari o‘tkazildi.

Mustaqil hayot ostonasida turgan yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkillashtirilgan mazkur yarmarkada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxona va muassasalari, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan mingdan ortiq vakant ish joylari bilan qatnashishdi. Korxonalar xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish mexanizmlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring