Bitkoin tarixiy rekordini yangiladi
Savdolar yakuniga ko‘ra, kriptovalyuta qiymati 59 ming dollardan oshdi — yangi tarixiy rekord. Bu haqda «Korrespondent» xabar berdi.
Kriptovalyutalarning eng yirik birjasi — «Binance»da bitkoin qiymati Toshkent vaqti bilan soat 15:16 holatiga 5,81 foizga oshib, 59 374 dollarga yetdi.
20dan ziyod birjalardagi o‘rtacha narxlarni qayd etib boruvchi «CoinMarketCap» portaliga ko‘ra, bitkoin soat 15:26 (T.V.) holatiga 5,01 foizga qimmatlab, 59 454 dollarni tashkil etgan.
Har ikki dinamika sutkabay keltirilgan.
Yanvar oxiridan beri kriptovalyuta qiymati to‘rt hafta tinmay oshdi. Yanvar oxirida bitkoin 32 ming dollar edi, fevralda salkam ikki baravarga qimmatladi.
Biroq fevral oxirida, 58 352 dollarlik yangi tarixiy rekord qayd etilganidan so‘ng, bitkoin qiymati keskin pasayishni boshladi. 22-fevralda — 50 ming dollar, 26-fevralda 44,5 ming dollarga (sutkasiga qadrsizlanishi deyarli 12 foizdan) tushib ketdi.
Mavzuga oid: DXX va Departament Toshkentda bitkoin sotgan shaxslarni ushladi
Keyin bitkoin yana o‘sishni boshladi va bir necha kun ilgari $56 minglik cho‘qqisiga ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, bitkoin kapitallashuvi yana $1 trln.dan oshdi. 2021-yil boshidan beri ushbu kriptovalyuta qiymati qariyb 90 foizga oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter