«Beeline Uzbekistan»ning yangi bosh direktori o‘z lavozimidan voz kechgani aytilmoqda
2020-yilning oktyabrida Sergey Afonin muddatidan avval ishdan olinganidan beri «Beeline Uzbekistan»da bosh direktor yo‘q edi. Ushbu lavozimda 2021-yil 15-martdan boshlab Artashes Davtyan ish boshlashi xabar qilingandi.
Ammo «Beeline Uzbekistan»ning bosh direktori lavozimiga tayinlanib bo‘lgan Artashes Davtyan Toshkentga yetib kelmasdanoq o‘z lavozimidan voz kechgan. Bu haqda UZZOOM nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9-mart kuni Gollandiyaning VEON telekommunikatsiya xolding kompaniyasi Gillette, PepsiCo va Mars shirkatlarida tajribaga ega top-menejer Artashes Davtyanni Unitel MChJ rahbari etib tayinlaganini e’lon qilgan edi. Biroq, bugungi kunda kompaniyadagi manbalardan ma’lum bo‘lishicha, yangi bosh direktor Beelineda ishlashni rad etganligi sababli uning tashrifi bekor qilingan.
Ayni paytda VEON o‘z saytidan hafta boshida Davtyanning tayinlanishi haqidagi ommaviy axborot vositalari tomonidan keng tarqatilgan press-relizni olib tashlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter