Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beeline Uzbekistan yangi formatdagi savdo nuqtasi bilan mijozlarga yanada yaqinroq

Beeline Uzbekistan yangi formatdagi savdo nuqtasi bilan mijozlarga yanada yaqinroq

Beeline Uzbekistan o‘z mijozlarini «orol» formatidagi yangi savdo nuqtasi bilan mamnun etdi, birinchi «orol» iyul oyida Samarqanddagi eng yirik savdo-ko‘ngilochar markazi Family Park’da ishga tushirildi.

An’anaviy savdo ofislaridan farqli o‘laroq, yangi «orol» formati mijozlar uchun yaqinroq, qulayroq va ochiq: savdo markaziga kelgan har qanday mehmon kerakli ma’lumotlarni oson va tez olishi hamda Beeline xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Yangi shoxobchaning yana bir o‘ziga xos jihati – zamonaviy va ergonomik uslubda ekologik toza materiallardan foydalanilganligi hamda xaridorlar uchun maksimal qulaylikni ta’minlaydigan puxta o‘ylangan maketdir.

Ixcham «orol» formati Beeline ofislarida mavjud bo‘lgan keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi:

- SIM-kartalarni sotib olish yoki almashtirish;
- tarif rejasini almashtirish;
- detalizatsiyalarni olish;
- balansni to‘ldirish;
- barcha masalalar bo‘yicha maslahatlar va boshqa xizmatlar.

«Biz yangilangan dizaynda «orol» formatidagi yangi savdo nuqtamiz ochilganini e’lon qilishdan mamnunmiz. Bizning maqsadimiz barcha mijozlarimiz uchun qulaylik va ochiqlikni ta’minlashdir, binobarin Samarqanddagi eng yirik savdo majmuasida bunday format joriy etilishi maqsadimizga muvofiq bo‘ldi. Bu yerda tashrif buyuruvchilar bizning keng ko‘lamli mahsulot va xizmatlarimizdan tez va oson foydalanishlari, shuningdek, professional maslahat olishlari mumkin. Ishonchim komilki, savdo shoxobchasining yangicha uslubi va puxta o‘ylangan qulay joylashuvi Family Park tashrif buyuruvchilarning e’tiborini tortadi, o‘z navbatida, bizning jamoamiz har kuni mijozlarimiz talablarini to‘liq qondirishga intilgan holda xizmat qiladi», – deydi Beeline Uzbekistan Markaziy hududiy filialining direktori Dilmurod Norboyev.

Family Park savdo majmuasidagi shoxobchaning tantanali ochilish marosimiga kelgan xaridorlar yangilikka birinchi bo‘lib baho berishdi. Operator mehmonlar uchun qimmatbaho sovg‘alar, jumladan «platina», «oltin» va «kumush» raqamlar o‘ynalgan ko‘ngilochar dastur tayyorladi.

Beeline Uzbekistan joriy yilning oxirigacha o‘z mijozlariga yanada yaqinroq bo‘lish maqsadida respublikaning turli hududlarida yana bir nechta «orollar» ochilishini rejalashtirgan.

«Family Park» savdo markazidagi «Beeline Uzbekistan»ning yangi «oroli» haftada yetti kun soat 10:00 dan 22:00 gacha ishlaydi, tanaffuslar – 14:00 dan 14:30 gacha va 18:30 dan 19:00 gacha.

Beeline Uzbekistan savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarining manzillari va ularning ish tartibi haqida batafsil ma’lumotlarni beeline.uz saytidan olishingiz mumkin.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring