Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beeline Uzbekistan Surxondaryodagi tarmog‘ini kuchaytirmoqda

Beeline Uzbekistan Surxondaryodagi tarmog‘ini kuchaytirmoqda

Beeline Uzbekistan butun mamlakat bo‘ylab tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihasini yuritishda davom etmoqda. O‘zbekiston viloyatlari bo‘ylab birgina Surxondaryoning o‘zida joriy yilning yoz oylarida raqamli operatorning 4G/LTE tarmog‘ida 85 dan ortiq baza stansiyalari barpo etildi. To‘rtinchi avlod mobil interneti bir qator aholi punktlari va mashhur dam olish maskanlarida ilk bor paydo bo‘ldi.

Baza stansiyalarini o‘rnatish va takomillashtirishdan oldin transport tarmog‘i modernizatsiya qilindi. Beeline Uzbekistan texnik mutaxassislari avval o‘rnatilgan radiorele qurilmasini E-Band chastota diapazonida ishlaydigan yuqori tezlikdagi zamonaviy analogiga almashtirishdi. Bu ma’lumot uzatish kanallarining o‘tkazish qobiliyatini 6 Gb/s gacha oshirish imkonini berdi. Modernizatsiya Surxondaryo viloyatidagi barcha radiorele liniyalarining 30%ni qamrab oldi. Shuningdek, 10 ta qo‘shimcha RRL oraliqlari qurildi.

Ikkita shaharda: Jarqo‘rg‘on va Termizda, shuningdek o‘n bitta tumanda: Oltinsoy, Angor, Boysun, Denov, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod, Sariosiyo, Uzun, Sherobod va Sho‘rchida yangi baza stansiyalari o‘rnatildi hamda ikkinchi va uchinchi avlod uskunalari 4G tezligigacha «tezlashtirildi». O‘n beshta kichik aholi punktlarida 4G ilk bor paydo bo‘ldi.

Kompaniyaning texnik mutaxassislari ilgari 4G interneti mavjud bo‘lmagan mashhur dam olish maskanlariga alohida e’tibor qaratishdi. Endilikda «Xo‘jaipok» tog‘ sog‘lomlashtirish oromgohi, Oltinsoy tumanidagi «Vaxshivor», «Vaxshivor-1», «Vaxshivor-2» oromgohlari mehmonlari tezkor internetdan foydalanishlari mumkin.

«Mamlakatimizning barcha hududlaridagi aholi manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilayotgan modernizatsiya loyihasi LTE tarmog‘i sig‘imini kengaytirish va yangi aholi punktlarini qamrab olishga qaratilgan. Surxondaryo viloyatida texnik ishlar hududning 40 foizdan ortig‘ini qamrab oldi. Bizning mehnatimiz tufayli yuz minglab odamlar barcha zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega ekanligi, va ulardan hatto kichik qishloqlarda ham foydalanishlari mumkinligi bizni mamnun etadi», — deydi Beeline Uzbekistan Janubiy hududiy filiali direktori Shuhrat Usmonov.

Beeline Uzbekistan 4G aloqasi birinchi marta Surxondaryo viloyatining quyidagi aholi punktlarida paydo bo‘ldi:

Oltinsoy tumani — Bo‘ston, Vaxshivor, Xo‘jaipok mahallalari;
Angor tumani — Sharq guli mahallasi;
Boysun tumani — Dashtig‘oz va Pulhakim mahallalari;
Qiziriq tumani — Bo‘ston va Kushkuton mahallalari;
Qumqo‘rg‘on tumani — Bobotog‘ va Guliston mahallalari;
Muzrobod tumani — Bog‘i Eram, Oriyat, Yurtim Jamoli, Chegara mahallalari;
Sariosiyo tumani — Tog‘chiyon mahallasi;
Termiz tumani — Ayritom mahallasi;
Uzun tumani — O‘rmonchi mahallasi.

Beeline Uzbekistan yangi baza stansiyalari o‘rnatilgan manzillarning batafsil ro‘yxati bilan kompaniya saytida tanishish mumkin. Xususan, Xabar.uz axborot-tahliliy portalida Qoraqalpog‘iston va Xorazmda mobil internet tezlashtirilgani haqida ma’lumot berilgan edi.

***
Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring