Avstraliya dunyodagi eng katta akkumulyator batareyasini qurmoqchi
Avstraliyaning CEP Energy energetika kompaniyasi dunyodagi eng katta akkumulyator tarmog‘ini barpo etmoqchi.
Kompaniya bosh direktori Piter Raytning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha Avstraliya korxonalari uchun ekologik toza, ishonchli va tejamkor energiya ishlab chiqarish hamda saqlash strategiyasining bir qismi hisoblanadi. Tizim quyosh va shamol elektr stansiyalaridan olinadigan energiyani to‘plab, mamlakat elektr tarmoqlariga yetkazib beradi.
Akkumulyator tarmog‘i quyosh va shamol elektr stansiyalariga elektr energiyasini saqlash uchun zarur. Chunki ularning ishlab chiqarilishi muntazam emas.
Hozirda dunyodagi eng katta akkumulyator tarmog‘i AQShda joylashgan bo‘lib, uning quvvati 250 megavattni tashkil etadi.
Avstraliya esa 1,2 gigavattli quvvatga erishishni rejalashtirmoqda.
Tizimni ishga tushirish 2023-yilga mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter