Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Astrum» IT-akademiyasida yoshlar o‘zlashtirishini sun’iy intellekt baholaydi

«Astrum» IT-akademiyasida yoshlar o‘zlashtirishini sun’iy intellekt baholaydi

Foto: AKT vazirligi

Bugun, 11 dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yuqori Chirchiq tumanidagi «Astrum» IT-akademiyasi faoliyati va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

«Astrum» IT-akademiyasi ikki qavatli binoda joylashgan bo‘lib, zamonaviy jihozlangan, ta’lim va ishlab chiqarishni qamrab olgan klasterdir. Bu yerda yoshlar avval dasturlashni o‘rganib, keyin shu sohada ishlaydi. Ularning o‘zlashtirishini sun’iy intellekt baholaydi.

Hozirgi kunda klasterda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar saralab olinib, ta’lim berilmoqda.

AKT vaziri «Astrum» IT-akademiyasida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan ochiq muloqot qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring