AQSh armiyasi uchun jangovar ekzoskelet yaratildi (video)
AQSh armiyasi jangovar ekzoskeletning sinovdan o‘tkazdi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «Lockheed Martin» kompaniyasi tomonidan yaratilgan qurilma «ONYX» nomini olgan. Unga o‘rnatilgan innovatsiyalar yordamida harbiy xizmatchilar uzoq masofani tezroq bosib o‘tishlari mumkin, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».
Ixtironing og‘irligi 6,4 kilogrammga teng bo‘lib, bir marta quvvatlanganida 8—16 soat ishlay oladi. Ekzoskelet mustaqil ravishda odamning harakatlariga moslashadi va uning qayeriga qancha yuk tushayotganini aniqlaydi.
Mazkur qurilma balandliklarga ko‘tarilishda va tog‘lardan pastga tushishda yordam beradi.
Avvalroq, Rossiyadagi ishchilar uchun ham dastlabki ekzoskelet yaratilgani haqida xabar berilgandi. «Skolkovo» konstruktorlik byurosi tomonidan yaratilgan ekzoskelet 100 kilogramgacha og‘irlikni ko‘tarishga qodir edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter