Sun’iy intellekt bemor ko‘nikmalarini tiklashga yordam berdi
Shveysariya olimlari bemorlarga og‘ir jarohatlardan so‘ng harakatlarini tiklash imkonini beruvchi ekzoskelet yaratdi.
Emovo Care startap vakillari og‘ir jarohatlardan so‘ng reabilitatsiya davrida bemorlarning oyoq-qo‘llarining harakat faolligini tiklashga yordam beruvchi ixcham ekzoskeletni namoyish etdi. Qurilma barmoqlarning tashqi tomoniga biriktirilgan bir nechta sun’iy mushaklardan iborat. Foydalanuvchi barmoqlarini harakatga keltirmoqchi bo‘lganida, ekzoskelet ularga yengil bosim o‘tkazadi.
Biotexnologiya asosida yaratilgan sun’iy mushaklar qo‘lning tabiiy mushak tizimiga o‘xshaydi. «Bizning qurilmamiz ravon, silliq va kuchli harakatni ta’minlaydi», — dedi startap bosh direktori Luka Randatsso.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ekzoskelet o‘z-o‘zidan harakat qilmaydi — qurilma foydalanuvchining barmoqlari kuchini oshiradi.
«Bemorlar standart davolanishdan keyin har kuni 15 daqiqa mashq qilishlari yoki reabilitatsiyani davom ettirish uchun qurilmani uyiga olib ketishlari mumkin», —dedi fizioterapevt Ann-Liz Joray-Tendon.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter