«Aqlli turizm». Buxoroning 51ta tarixiy ob’yektida QR-kodlar o‘rnatildi
Buxoroning «aqlli turizm» sifatida xalqaro turizm bozoridagi imijini oshirish va sayyohlarga qulaylik yaratish hamda IT-texnologiyalardan faol foydalanish maqsadida viloyatning 51ta (Poyi Kalon ansambli, Gavkushon madrasasi, Ko‘kaldosh madrasasi, Toqi sarofon, Toqi telpakfurushon, Toqi zargaron savdo toqlari, Labi hovuz majmuasi, Nasriddin Afandi haykali, Nodir Devonbegi madrasasi, Somoniylar maqbarasi, Ark qo‘rg‘oni va boshqalar) tarixiy ob’yektida QR-kodlar o‘rnatildi.
Buxoro viloyati hokimligi saytida ma’lum qilinishicha, o‘rnatilgan QR-kodlar ob’yekt haqidagi ma’lumotlarni 12ta tilda mahalliy va xorijiy sayyohlarga 3 soniyada taqdim etadi.
Loyihani takomillashtirish maqsadida 2018-yilning fevral oyida qo‘shimcha turistik tashkilotlar (mehmonxona xo‘jaligi, restoranlar hamda arxeologik ob’yektlar)ga ham QR-kodlar o‘rnatilishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter