Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» eng arzon «iPad»ni namoyish qildi

«Apple» eng arzon «iPad»ni namoyish qildi

Foto: «Itc»

«Apple» kompaniyasi «iPad» planshetining 9,7 dyuymli yangi versiyasini namoyish qildi. Taqdimot Chikagoda tashkil etildi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Planshet «Apple Pencil» stilusiga ega bo‘lib, «A10 Fusion» protsessorli boshqa modellardan ancha kuchli sanaladi. Yangi qurilma «ITouch» datchigi, ikki kamera va LTE funksiyasiga ega. Ishlab chiqaruvchilarning ma’lumot berishicha, qurilma batareyasining  quvvati 10 soatgacha yetadi.

Ushbu model «Apple»ning eng arzon planshetlaridan bo‘lib, narxi AQShda 329 dollardan boshlanadi. O‘quv muassasalari uchun esa 299 dollar. Yangi planshet uch xil rangda: kumushrang, «kulrang kosmos» va tillarangda ishlab chiqariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring