Antivirus kompaniyasi rahbari yillik maoshi va mukofot pullaridan voz kechdi
Kiberxavfsizlik yo‘nalishida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi «Avast Plc» (Chexiya) kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ondrey Vlchek nomuayyan muddatga yillik maoshi va mukofot pullarini olmaslikka qaror qildi. U ramziy ko‘rinishdagi yillik $1 maosh oladi.
O‘z vaqtida «freemium» marketing modeli (cheklanmagan vaqtda ayrim yoki barcha mahsulotlardan bepul foydalanish huquqi)ni birinchi bo‘lib taqdim etgan ushbu kompaniyadan xabar berishlaricha, Vlchek yillik grantlar olib turadi, biroq o‘z gonorari — yillik 100 ming dollarni xayriyaga sarflaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter