Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Androidda o‘ta xavfli virus aniqlandi

Androidda o‘ta xavfli virus aniqlandi

Foto: «Ferra.ru»

Mobil qurilmalar xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi «Zimperium» kompaniyasi mutaxassislari androidlarda tizim yangilanishi niqobi ostida yashiringan virus borligini aniqlashdi.

Virus qurilmaga ilovalar do‘konini chetlab ham o‘rnatish mumkin bo‘lgan System Update nomli ilova bilan birga kirib oladi.

Zararli dasturiy ta’minot smartfonga o‘rnashib olganidan so‘ng qurilmani masofadan boshqaradigan Firebase serveriga ulanadi. Shu tarzda qurilmadagi ma’lumotlar foydalanuvchidan yashirincha serverga jo‘natila boshlanadi.

Virusning imkoniyatlari anchagina keng: smartfondagi xabarlarni va ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi, brauzerdagi sozlamalarni, qidiruvlar tarixini, mikrofonda yozib olingan qo‘ng‘iroqlar va ovozlarni qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, o‘zi fotosurat olib, geolokatsiyagacha kuzatadi.

Xabarga ko‘ra, ushbu virusni topish juda qiyin, chunki yaxshigina niqoblangan — internetga sarflanayotgan trafikni kamaytirib ko‘rsatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring