«Android» asoschisi o‘z smartfonidan voz kechmoqchi

Bir yil avval «Android» amaliy tizimi asoschisi Endi Rubin tomonidan asos solingan «Essential» kompaniyasi «Essential Phone» («Essential PH-1») flagman smartfonini taqdim etgandi.
Dastlab smartfonga qiziqish katta bo‘lgan bo‘lsa-da, qurilma savdosi yurishmadi. «Bloomberg» xabar berishicha, kompaniya hozirgacha 150 ming dona smartfonini sota oldi — global bozor ko‘lamiga solishtirganda bu juda past ko‘rsatkich.
Keyin «Essential» kompaniyasini o‘nlab yetuk muhandislar, top-menejerlar tark etishni boshladi.
Kompaniya o‘z faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirishga qaror qilgan, smartfonlar biznesini esa sotishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, xaridor ham topilgan. Tuzilajak bitim qiymati ma’lum emas, shuni eslatish o‘rinliki, bir yil avval «Essential» 1 milliard dollarga baholangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas