«Android 10» o‘rnatiladigan «Samsung» qurilmalari ro‘yxati chiqdi

«AndroidPure» portalida amaliy tizimi «Android 10»gacha yangilanadigan «Samsung» qurilmalari ro‘yxati paydo bo‘ldi.
Nashrda yozilishicha, Galaxy A8+, A6s, A8s, A7 2018, A40s, J4 Core, J2 Core, J2 Pro, J7 Prime 2 smartfonlariga yangi operativ tizim o‘rnatilmasligi deyarli aniq. Galaxy M10s ham «o‘nlik» tizim o‘rnatiladigan qurilmalar ro‘yxatida yo‘q, ehtimol bu smartfon kecha, 18-sentyabr kuni taqdim etilgani bilan bog‘liq.
«Google» kompaniyasi «Android 10» yakuniy talqinini 2019-yilning 3-sentyabr kuni taqdim etgandi. Uning interfeysidagi asosiy o‘zgarishlardan biri ishoralar yordamida boshqarilishidir.

Umuman olganda, ro‘yxatdagi qurilmalar soni juda ko‘p. Batafsil ro‘yxat bu yerda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter