Amiti universitetida IT-inkubatsiya markazi hamda faxriy maslahatchilar jamiyati ish boshladi
Davlatimiz rahbarining 2018-yilda Hindistonga tashrifi davomidagi axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida ham bir qator kelishuvlarga erishilgan edi. Ana shu hamkorlikning ilk natijasi sifatida 2019-yili Amiti ta’lim guruhi tarkibiga kiruvchi Toshkentdagi Amiti universiteti tashkil etildi.
Hindistondan tashqari Dubay, Singapur, Buyuk Britaniya, Avstarliya, Fransiya kabi davlatlarda jami 16ta xalqaro o‘quv kampuslari bor. Ularda 175 ming nafar talaba o‘qiydi. Talabalarga 6 ming nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim beradi. Mazkur oliy o‘quv yurtlarida axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment, turzim singari yo‘nalishlarda malakali mutaxasssilar tayyorlanadi. Universtetining Toshkentdagi kampusida esa 780 nafar talaba tahsil olmoqda.
Bugun, 17-dekabr kuni Toshkentdagi Amiti universitetida ikkita muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. Dastlab IT-Park bilan hamkorlikda universitetning IT-inkubatsiya markazi ochildi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda soha korxona rahbarlari va talablar ishtirok etishdi.
— Hindistonlik hamkorlar bilan tashkil etilgan mazkur universitet qisqa fursatda yoshlarning sevimli ta’lim maskaniga aylanib ulgurdi, — dedi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov tadbirning ochilish marosimida. — O‘qiyman deydiganlar uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Mana bugun universitetning IT-inkubatsiya markazi ochildi. Sizlardan faqat va faqat o‘qish, izlanish talab qilinadi. Faxriy maslahatchilar jamiyati a’zolari esa o‘z maslahatlari bilan universitet faoliyatini yanada kuchaytirishga, talabgir kadrlarni tayyorlashda oqilona yo‘l ko‘rsatishga yordam beradilar, degan umiddaman. Universitet o‘qituvchilariga minnatdorlik bildiraman, markaz faoliyatiga esa omad tilayman.
Videokonferensaloqa tizimi orqali ta’lim muassasasi prezidenti Atul Chauxana ham so‘zga chiqib, hamkorlik samarali bo‘layotganidan mamnunligini bildirdi.
Ikkinchi muhim voqea — universitet qoshida Faxriy maslahatchilar jamiyati faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tadbirda kampus rahbari, mazkur jamiyat direktori Sunil Kumar Katri jamiyat vazifalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Jamiyat a’zoligiga taklif qilinganlarga a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Shundan so‘ng mehmonlar universitetning IT-inkubatsiya markaziga taklif qilindi. Talabalar yig‘ilganlarga o‘z biznes loyihalari, startap g‘oyalari haqida so‘zlab berishdi.
Eslatib o‘tamiz, Amiti universiteti dunyoning «TOP 3%» yuqori reytingiga kirgan, jumladan, AQSh va Buyuk Britaniyaning eng yuqori akkreditatsiyasiga ega Osiyoning yagona universiteti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter