Amerikalik olimlar ayollarni tajovuzdan himoya qiladigan bilaguzuk yaratishdi
Amerikalik olimlar ayollarni tegajog‘lik hamda o‘g‘irlikdan himoya qilishga qodir qurilmani ishlab chiqardi. Bu haqda Birmingemdagi Alabama universitetining saytida ma’lum qilindi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».
«911 raqamini tergan holda siz dastur yoki qurilmadagi favqulodda ogohlantirish tizimidan foydalanasiz, bunda yordamga chaqirish uchun bir nechta tugmalarni bosish kerak. Ko‘pincha buni amalga oshirish imkonsiz», — deydi tadqiqot guruhi a’zosi Ragib Hasan.
Muammoni bartaraf etish uchun tadqiqotchilar hujum sodir bo‘lgan vaqtda «Bluetooth» orqali smartfonga ulanadigan va favqulodda xizmatlarni bu haqda ogohlantiradigan bilaguzukni yaratdi.
Qurilma foydalanuvchi turgan joyni aniqlaydi, uning harakatini tahlil qiladi va jabrlanuvchi turgan yoki yotganini kuzatadi. Bundan tashqari bilaguzuk baland ovoz chiqaradi: bu esa atrofdagilar e’tiborini o‘ziga tortishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ixtirochilarning so‘zlariga qaraganda, bu turdagi qurilmalar tezkor yordam kerak bo‘ladigan nogironlar va qariyalarga ham juda asqotadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter