«Amazon» rahbari aksiyalar qimmatlashgani sababli bir kunda 1 milliard dollarga boyidi
«Amazon» onlayn do‘koni rahbari, milliarder Jeff Bezos bir kun ichida kompaniya aksiyalari narxi 1,5 ming dollarga qimmatlashgani munosabati bilan 1,15 milliard dollarga boyidi. Bu haqda «Bloomberg Billionaries Index (BBI)» ma’lumotiga asoslanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Aksiyalar qimmatlashishi tufayli Bezosning boyligi 124 milliard dollarga yetdi, bu bilan u «Bloomberg» agentligining milliarderlar ro‘yxatini boshqarmoqda. Ikkinchi o‘rinni «Microsoft» asoschisi Bill Geyts 91,6 milliard dollar bilan band etgan. Yana bir tadbirkor Uorren Baffet esa 86,2 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. «Forbes» jurnalining versiyasi bo‘yicha esa Bezosning boyligi 122,9 milliard dollarga yetgan.
«Amazon» aksiyalari sotuvda 1 foiz qimmatlashgan. Yil boshidan buyon esa ular 26,5 foiz oshgan.
Fevral oyida «Amazon» umumiy qiymat bo‘yicha «Microsoft»ni quvib o‘tib, «Apple» va «Alphabet» («Google» xolding kompaniyasi) bilan dunyoning eng qimmat uch kompaniyasidan biriga aylandi.
«Amazon» dunyoning yirik onlayn-do‘konlarida biri bo‘lib, unga 1995-yili asos solingan. AQSh, Kanada, Xitoy, Braziliya, Yaponiya va Yevropaning qator mamlakatlarida faoliyat yuritadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter