Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganlarni tabrikladi

AKT vaziri yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganlarni tabrikladi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimi, Toshkent axborot texnologiyalari kafedrasi professori Saida Beknazarova ham «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Prezident qaroriga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali 1-bosqich magistranti Nasiba Homidova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Bugun, 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov vazirlikda yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan xotin-qizlarimizni ushbu mukofotlar va nafosat bayrami bilan muborakbod etdi.

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati
Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Ta’kidlanganidek, ayol oila va jamiyatning haqiqiy tayanchi. Oilada mehribon ona, vafoli yor bo‘lish bilan birga, xizmat faoliyatida ham ulkan marralarga erishayotgan, jonkuyar, fidoyi kasbdosh hamdir.

Yildan-yilga xotin-qizlarimizning jamiyat va mamlakatimiz rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissalari ortib bormoqda.

Qayd etilishicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida bugungi kunda 27 mingdan ortiq mutaxassis mehnat qilayotgan bo‘lsa, ularning 9 433 nafarini ayollar tashkil etishi, 363 nafar ayol rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotganini yurtimizda hotin-qizlarning har sohada o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun yetarli sharoit yaratilganidan dalolatdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring