Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri UZINFOCOM loyihalari bilan tanishdi

AKT vaziri UZINFOCOM loyihalari bilan tanishdi

27-dekabr kuni AKT vaziri Sherzod Shermatov «UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab AKT vaziri data markazga tashrif buyurdi. Yagona integratorga ega bo‘lgan server quvvatlari va markazning moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi.

Shundan so‘ng Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tizimdagi yangilik va yangilanishlar, ayni paytda aholiga qanday imkoniyatlar taqdim etilayotgani, 2022-yil uchun mo‘ljallangan reja va vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

UZINFOCOM jamoasi tomonidan ishlanayotgan loyihalar, My ID — shaxsni biometrik identifikatsiya qilish tizimi, Nis.uz milliy qidiruv tizimi, Ziyonet ta’lim portali taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, agrar, transport, madaniyat, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring