Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT sohasiga sarmoyadorlarni jalb qilishga mo‘ljallangan portal tashkil qilinadi

AKT sohasiga sarmoyadorlarni jalb qilishga mo‘ljallangan portal tashkil qilinadi

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo‘jayev raisligida vazirlik Hay’at kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Unda 2018-yilning I yarim yilligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish holati, shuningdek sohaga xorijiy sarmoyalarning jalb etilishi va investitsion loyihalarning amalga oshirilishi sarhisob qilindi.

Vazirlik tashabbusi bilan sohaga sarmoya va sarmoyadorlarni jalb qilishga mo‘ljallangan maxsus portal faoliyati tashkil qilmoqda. Unda mamlakatning AKT salohiyati, mavjud imkoniyat va qulayliklar, hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar, istiqboldagi rejalar, xorijlik investorlarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan investitsion muhit to‘g‘risida ma’lumot keltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring